Kristina Oblasova
Kristina Aleksandrovna Oblasova (ruscha: Кристина Александровна Обласова; 1984-yil 11-sentyabr, Moskva) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. 2001-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni va 2004-yil Rossiya milliy chempionaining bronza medali sovrindori boʻlgan.
Faoliyati
Oblasova 1989-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U asosan yakka holda konkida uchish bilan shugʻullangan va 10 yoshga toʻlganida sherigi Stanislav Zaxarov bilan juftlikda konkida uchish mashgʻulotlarini oʻtkazgan.
Oblasova 1997 — 1998-yilgi mavsumda tizzasidan jarohati olgan va jarohati bitib ketishi uchun 7 oy vaqt ketgan. Kelasi mavsumda Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida debyut qilgan.
Oblasova 2000 — 2001-yillarda Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida kumush medalni, keyin esa 2001-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Oblaslovaga oʻsha paytda Yelena Chaykovskaya va Vladimir Kotin murabbiylik qilgan.
2001 — 2002-yillarda Oblasova Gran-pri turnirlarda qatnashgan hamda Skate Canada International bosqichida va Sparkassen Cup on Ice turnirida qatnashgan. Oblasova Rossiyada oʻtkazilgan jamoalar oʻrtasidagi milliy musobaqadan keyin murabbiyini Viktor Kudriavtsevga almashtirgan. Oblasova yana bir bor oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish uchun tayinlangan va 11-oʻrindan joy olgan. 2003-yilda oʻtkazilgan huddi shu chempionatda u 9-oʻrinni egallagan.
2003 — 2004-yillarda, yaʼni oʻzining soʻnggi mavsumida, Oblasova Russian Nationals musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan va 2004-yilgi Yevropa chempionatida qatnashish uchun y`ollanma olgan.
Dasturlari
Natijalari
GP: Gran-pri ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Manbalar
uz.wikipedia.org