Kristina Akheeva
Kristina Akheeva (1986-yil 1-noyabrda tug'ilgan) - avstraliyalik aktrisa va model. U Bollivuddagi debyutini 2013-yilda "Yamla Pagla Deewana 2" filmida, keyin esa 2014-yilda chiqqan telugu tilidagi filmi "Galipatamda" qilgan. U kannada tilidagi "Uppi 2"da rol ijro etgan.
Yoshlik yillari
Kristina Akheeva Rossiyaning Xabarovsk shahrida, rus millatiga mansub oilada tug'ilgan. 7 yoshida Kristina Akheeva Avstraliyaga ko'chib o'tdi va u yerda maktabdagi o'quv yillarini qolgan qismini o'tkazdi. 21 yoshida Singapurdagi modelyerlarning agenti Kristina Akheevaga 3 oylik modellik shartnomasini taklif qildi. Kristina Akheeva rozi bo'ldi va 6 yil model sifatida ishladi. Kristina Akheeva 6 ta mamlakatda, shu jumladan Hindistonda yashadi.
Faoliyati
Kristina Akheeva modellik faoliyatini yuritayotgan vaqtida, Melburndagi Kino va televideniya akademiyasida aktyorlik mahoratini o'rgangan. U 6 yil davomida butun dunyo bo'ylab modellik faoliyatini olib bordi va dunyoning 6ta davlatida yashadi. U "Palmolive", "Sunsilk", "Vaseline" kabi brendlar uchun, turli ko'rgazma va shoularda reklama yuzi hamda mahsulotlarning tavsiya qiluvchisi bo'ldi.
Hindistonda bo'lganida, u modellik shartnomasi bo'yicha faoliyat olib yurgan vaqtda, Sangit Sivanning "Yamla Pagla Deewana 2" komediya filmidagi Sunny Deol roli uchun tanlangan. Kristina Akheeva ushbu rolni ijro etish uchun modellik faoliyatida ta'til oldi. 2012-yil avgust oyida uning kastingi tasdiqlandi. Suratga olish jarayonida u hind tili ustida ishladi va o'zi uchun o'rganib oladi. U filmni tanqid qilib, uning syujetini “bema’nilik” deb atadi. Filmda muhim rol hisoblangan Deolning otasi rolini ijro etgan Dharmendra sababli u filmda rol ijro etdi.
2014-yilda u "Tollywood"da Galipatam bilan debyut qildi. Rejissor Navin Gandi edi. Kristina Akheeva o'zining ijrosi uchun maqtovga sazovor bo'ldi. "Tollywood" gazetasi u haqida shunday deb yozdi: "U diqqat bilan e'tibor qilish kerak bo'lgan aktrisa. Garchi u avstraliyalik bo'lsa-da, hind qizining roliga bemalol kirib bora olayapti. Uning ijrosi ajoyib edi. U yaxshi o'rgatilgan aktrisa va tez orada telugu filmlarida koʻproq choʻqqilarni zabt etadi” Kristina Akheeva shuningdek, "Uppi2" nomli yangi kannada tilli filmda bosh rolni ijro etgan. Film kannada va telugu tillarida sahnaga chiqarilgan. U, shuningdek, salsa raqqsi bilan shug'ullanadi. 2013-yilgi Hindiston xalqaro zargarlik haftaligida u "Anmol" zargarlari va 2014-yilda "IIJW"kompaniyasining model-vakili boʻldi. U "D Navinchandra" firmasi uchun shouni olib boruvchi edi.
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org