Kristin Fraser
Kristin Fraser (talaffuzi: Kristin Freyzer; 1980-yil 29-fevral, Palo-Alto, AQSh) — Igor Lukanin bilan juftlikda Ozarbayjon jamoasi safida muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. Ilgari Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili boʻlgan. Kristin Fraser havaskor sport faoliyatini 2009-yilda yakunlagan.
Faoliyati
Kristin Fraser Amerika Qoʻshma Shtatlari jamoasi safida avval Jonathan Nicols, keyin Piter Kongkasem bilan juftlikda musobaqalarda qatnashgan, ammo sezilarli darajadagi muvaffaqiyatga erisha olmagan.
Kristin Fraser 2000—2001-yilgi mavsumda Ozarbayjon vakili boʻlgan Igor Lukanin bilan juftlikda musobaqalarda chiqish qila boshladi va Ozarbayjon fuqaroligini oldi. Juftlik „Zagrebning Oltin Konkisi“ turnirida qatnashdi va yettinchi oʻrindan joy oldi. Ular 2002 va 2006-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi.
2001—2002-yilgi Ozarbayjon milliy chempionatida Fraser va Lukanin juftligi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2002—2003-yilgi huddi shu chempionatda juftlik yana gʻalaba qozongan holda oltin medal sohibiga aylandi.
Fraser / Lukanin juftligi 2004—2005-yilgi Ozarbayjon milliy chempionatida kattar toifasida qatnashib gʻalaba qozondi. Bu juftlik Yevropa chempionatidagi eng yaxshi yutuqlariga 2007-yilgi jahon chempionatida 7-oʻrindan, 2008-yilgi chempionatda esa 11-oʻrindan joy olganda erishgan.
2008-yil may oyida sportchilar 2010-yil Vankuverda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlaridan soʻng sportdagi faoliyatini tugatishni rejalashtirganliklarini eʼlon qilishgan. Biroq, juftlik 2009-yilgi Jahon chempionatida qatnashdi ammo, 18-oʻrinni egallab, Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi va havaskor faoliyatini tugatishga qaror qildi.
Natijalari
2004-yildan keyin
(Lukanin bilan)
2004-yilgacha
(Lukanin bilan)
(Darlen bilan)
Manbalar
uz.wikipedia.org