KRISTI (CHRISTIE) AGATA (1891.15.9, Torki, Angliya — 1976) — ingliz yozuvchisi. Detektiv janr ustasi. 85 roman, 20 pyesa va ko’plab hikoyalar muallifi. Kristi eng yaxshi asarlarida (“Puaro tergov qiladi”, 1924; “kaminlar siri”, 1925; “Rojer Ekroydning qatl etilishi”, 1926; “N yoki M?”1941; “qopqon”, 1954; “ayblov guvohi”, 1954 va boshqalar) Jinoyat nafaqat dalillar asosida, balki qahramonlarning, chunonchi, belgiyalik izquvar Erkyul Puaroning botiniy tuyg’usi va sezgirligi tufayli ochiladi. Kristi asarlarining katta muvaffaqiyati syujetning qiziqarliligi, yechimning kutilmaganligi, personajlarning yorqinligi bilan izohlanadi. Asarlari 103 tilga tarjima qilingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish