Kristen Styuart




Kristen Jaymes Stewart (talaffuzi: Kristen Jeyms Styuart; 1990-yil 9-aprelda tugʻilgan) amerikalik aktrisadir. BAFTA va César kinomukofotlari sohibasi.

Los-Anjelesda tug‘ilib o‘sgan Stewart ilk bor 12 yoshida David Fincherning Panic Room (2002) trillerida Jodie Fosterning qizi rolini ijro etgan, bu unga „Yosh artist“ mukofotiga nomzodlikni olib kelgan. Keyinchalik, u Speak (2004), Catch That Kid (2004), Zathura: A Space Adventure (2005) va Into the Wild (2007) filmlarida suratga tushgan. Stewart Twilight filmlar seriyasi (2008—2012) da oʻynagan Bella Swan roli tufayli mashhurlikka erishgan; roli uchun 2010-yilda BAFTA Rising Star mukofotiga sazovor boʻlgan.

Malika va ovchi (2012) filmida bosh rolni ijro etganidan soʻng, Stewart katta byudjetli filmlarda suratga tushishdan voz kechdi. U Camp X-Ray (2014) va Still Alice (2014) va Equals (2016) filmlarida rollar ijro etdi. Charlie's Angels (2019) va Happiest Season (2020) filmlarida bosh rollarni ijro etdi. Stewart Pablo Larraínning Spencer (2021) filmida Uels malikasi Diana rolini oʻynadi. Filmdagi ushbu roli tanqidchilar tomonidan keng eʼtirofga sazovor boʻldi va hatto Stewartga „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscar mukofotiga nomzodlikni olib keldi.

Filmografiyasi



Film




Televideniye




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz