KRIPTOGRAFIYA



KRIPTOGRAFIYA (kripto… va … grafiya), maxfiy yozuv — 1) matnni begona, bexabar kishilar tushunmasligi uchun yozuvni o’zgartirish tizimi, bunda oldindan kelishilgan vositalardan — belgilardan foydalaniladi. Kriptografiya diplomatik, harbiy, savdo-sotiq va moliyaga oid hamda diniy va boshqa matnlarni shifrlash uchun ishlatiladi. Bu yozuvning ko’p turlari mavjud: matn xarflarini raqamlar bilan almashtirish, harflar o’rniga har xil shartli belgilar ishlatish, matnda qo’llanishi). lozim bo’lgan harflar o’rniga boshqa alifbo harflarini qo’yib yozish va boshqalar. Kriptografik yozuv maxsus shifr yordamida o’qiladi; 2) paleografiyaning maxfiy yozuv tizimi grafikasini o’rganuvchi tarmog’i.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz