Kreyg Pitchett




Kreyg Uilyam Pritchett (1949-yil 15-yanvar, Glazgoda tugʻilgan, Shotlandiya) — shotlandiyalik shaxmat boʻyicha xalqaro sport ustasi, qator shaxmatga oid kitoblar muallifi. U Allan Glen maktabida taʼlim olgan shuningdek, shaxmat klubining taniqli aʼzosi boʻlgan hamda maktab shaʼnini bir necha turnirlarda himoya qilgan. U 1966-1990yillarda – shaxmat olimpiadalarida Shotlandiy sharafini 9 marta himoya qilgan. U ikki marta (1977 va 2005 yillarda) Shotlandiya shaxmat chempionatida gʻolibchiqqan hamda ikkita Hududiy turnirda (1972 va 1975) oʻynagan. Shu bilan birga, u shaxmat murabbiyi.

Shotlandiya terma jamoasi natijalari



Pritchett Shotlandiyani 1968-1970 – talabalar olimpiadalarida uch marta himoya qilgan. Quyida uning batafsil natijalari, olimpbase.org saytidan:

Pritchett 1966 – 1990-yilgacha Shaxmat Olimpiadalarida 9 marta Shotlandiyani va 1980-yilda Maltani himoya qilgan.Uning batafsil natijalari, olimpase.org saytidan. Uning117 ta oʻyindagi umumiy koʻrsatkichi (+43 =46 −28), 56,4 foiz.

Shotlandiya chempioni



Pritchett ikki marta Shotlandiya chempioni boʻlgan. 1976-yilda xalqaro sport usta unvoniga sazovor boʻlgan. Uning batafsil natijalari:

Britaniya shaxmat chempionatidagi natijalari



Pritchett Britaniya shaxmat chempionatida koʻp marotaba qatnashgan, odatda yaxshi natijalarga erishgan va ikki marta Hududiy turnirlarga yoʻllanma olgan. Batafsil:

Qoʻllanmalari



Pritchett Denni Kopek bilan hammualliflikda "Yosh grossmeysterlarning eng yaxshi oʻyinlari" (Bell and Howell, London 1980) kitobini yozgan. Pritchett Nimzo Indian 4.e3: Nimzowitsch, Hubner va Taimanov Variatsiyalari (Batsford 1980) ni yozgan. Kopec bilan hammualliflikda — Shaxmat olamidagi daʼvogarlar va ularning uslublari (2002) nomli kitobini chiqaradi. Biroz vaqt oʻtib Starting Out: Sitsiliya Scheveningen kitobini 2006-yilda nashr ettirdi, Ushbu kitobning birinchi nashrini 1977-yilda yozilgan. 2008-yil yanvar oyida Pritchett 2008 yil yanvar oyida Pritchett „Play English: The Complete Chess Opening Repertuire for White“ kitobini chop etdi. Pritchett Glasgow Herald gazetasida shaxmat o'yinlarini sharhlab boradi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz