Kreyg Devid




Craig Ashley David (talaffuzi: Kreyg Eshli Devid; 5-may 1981-yilda tugʻilgan) ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavisi, reperi va produseridir. Artful Dodger musiqa guruhi bilan hamkorlikda ijro etgan „Re-Rewind“ (1999) qoʻshigʻi ortidan shuhrat qozongan. David 2000-yilda Born to Do It nomli ilk studiyaviy albomini chiqardi. Bundan soʻng, u yana beshta studiyaviy albomini ommaga havola etib, Sting, Tinchy Stryder, Big Narstie, Kano va Jay Sean kabi sanʼatkorlar bilan birga ishladi. Davidning 20 ta ashulasi „Birlashgan Qirollik hit-paradlaridagi eng sara 40 ashula“, yettita albomi esa „Birlashgan Qirollik hit-paradlaridagi eng sara 40 albom“ safiga kirgan. Shu kungacha, umumjahon boʻylab 15 milliondan oshiq albom sotgan.

David koʻplab yutuqlarga, jumladan oʻn toʻrt marotaba Brit Awardsga va ikki marotaba Grammy Awardga nomzod boʻlgan.

Diskografiyasi




Turnelari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz