Krevetkalar




Krevetkalar (lotincha: Natantia) — oʻnoyoqli (qarang Oʻnoyoqlilar) qisqichbaqasimonlar kenja turkumi. Oʻz. 2—30 sm. Tanasi ikki yon tomondan siqiq. Muskulli qorni boshi va koʻkragiga nisbatan uzun. 1- va 2- juft koʻkrak oyoqlarida qisqichlari boʻladi. Oxirgi juft qorin oyoqlari (uropodlar) va dumi (telson) dum soʻzgichni hosil qiladi. Urgʻochilarining qorinoyoqlari tuxumini olib yurish, erkaqlariniki (1- va 2- jufti) kuyikish organi vazifasini ba-jaradi. 2000 ga yaqin turi bor; dengizlar va chuchuk suvda planktonda va suv tubida yashaydi. Suvning oʻta chuqur qismida yashaydigan turlari yogʻdu chiqaradi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Krevetkalar ovlanadigan qisqichbaqasimonlar orasida birinchi oʻrinda turadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz