Kremniyli jinslar




Kremniyli jinslar (silitsitlar) — tarkibida kremnezyom miqdori 50% va undan ortiq boʻlgan yotqiziklar. Mineral tarkibi boʻyicha opal-kristobalitli va xalsedon-kvarsli guruhlarga boʻlinadi. Birinchi guruhga trepel, opoka, geyzerit, kremniyli tuf, kremniyli konkretsiya (gʻudda), radiolarit va spongolit, ikkinchisiga esa ftanit va yashma kiradi. Geyzerit va kremniyli tuf issiq buloq (geyzer) suvlarida erigan kremniy oksidining choʻkishi tufayli, kremniyli konkretsiyalar esa diagenez jarayonida hosil boʻladi. Diatomitlar bir hujayrali diatomey suv oʻtlari, radiolyarit, spongolit, trepel va opokalar hayvon qoldikdarining toʻplanishidan, yashma va ftanitlar esa birlamchi kremniyli jinslarning oʻzgarishidan yuzaga keladi. Kremniyli jinslar muhim foydali qazilma hisoblanadi.

Zeb-ziynat buyumlari (yashma) tayyorlashda, moy va vino mahsulotlarini tozalashda (opoka, trepel), sement ishlab chiqarishda va qurilish sanoatida keng qoʻllaniladi.

Kremniyli jinslar dunyo okeani choʻkindilari va materik platformalarida, asosan, Shimoliy va Janubiy yarim sharlarning yuqori kengliklarida keng tarqalgan, shuning-dek, ular geosinklivallarda ham ancha rivojlangan. Hozirgi davrda dengiz suvlari kremnezyom bilan toʻliq toʻyinmagan va Kremniyli jinslarning xemogen choʻkishi sodir boʻlmayapti, faqatgina organik Kremniyli jinslar toʻgatanmokda.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz