Kraton




Kraton (yun. kratos — kuch, mustahkamlik) — Yer poʻstining alpinotip burmalanishi oʻzgarishlariga layoqatsiz konsolidatsiyalashgan qismlari. Nemis geologi X. Shtille K.ni koʻtarilgan K. — aksari sial (Si, AI) tarkibli (kad. tokembriy platformalari yoki poʻsti kontinental tuzilishga ega hozirgi geologik qalqonlar) massivlari va choʻkkan K. — simatik (Si, Fe, Mg) zaminli (koʻpincha Yer poʻstining "granitmetamorfik" qatlamiga ega boʻlmagan okean tubi maydonlari) massivlariga ajratgan. "K" terminini fanga Shtille kiritgan (1940) va xorij adabiyotlarida ruscha "platforma" terminining sinonimi sifatida keng qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz