Krass Mark Litsiniy




Mark Litsiniy Krass (Crassus) (miloddan avvalgi taxminan 115, Rim — miloddan avvalgi 53.6.5, Karri) — Rim sarkardasi, Sulla tarafdori. Proskripsiyalar natijasida nihoyatda boyib ketgan va Rimdagi eng badavlat shaxsga aylangan. Bu boylikdan siyosiy maqsadlarda ustamonlik bilan foydalangan. Miloddan avvalgi 70 va 55-yillarda konsul etib saylangan. Mark Krass Yuliy Sezar va Gney Pompey bilan birga 1-triumviratga kirgan (mil.av. 60-y). Bu uchlik davlatni amalda egallab olgan. Spartak qoʻzgʻolonini bostirgan (mil.av. 71-y). Krass 55-yil Suriya viloyatini 5 yilga boshqarish huquqini olgan. Parfiyanlar bilan boʻlgan Karri jangida magʻlubiyatga uchrab halok boʻlgan. Krass tarjimai holi Plutarx tomonidan bayon etilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz