Krasno-jyoltiye dni
„
Krasno-jyoltiye dni “ (ruscha: Красно-жёлтые дни, yaʼni „Qizgʻish-sariq kunlar“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1991-yil eʼlon qilingan „Chyorniy albom“ studiyaviy albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyin ham guruh solisti Viktor Soy yozgan. 1990-yilning bahorida yozib olingan qoʻshiq Soy oʻlimidan keyin eʼlon qilingan. Shuningdek, qoʻshiq 2002-yil „Posledniye zapisi“ albomiga ham kiritilgan.
Soy „Krasno-jyoltiye dni“ qoʻshigʻini 1990-yilning bahorida ijro eta boshlagan. Qoʻshiqning qora nusxasi 1990-yilning avgustida Latviyada yozib olingan. Soy vafotidan keyin jurnalist Nataliya Razlogova arxivida ashulaning akustik versiyasi topilgan. Mazkur versiya 2022-yilning yanvarida eʼlon qilingan.
„Kino“ gitarachisi Yuriy Kasparyanning soʻzlariga koʻra, „Krasno-jyoltiye dni“ qoʻshigʻi aranjirovkasi Soy oʻlimidan oldin yakunlangan. Bunga qaramay, trek CDda va gramplastinka uchun professional studiyada qaytadan yozib olingan.
Adabiyotshunos Svetlana Petrova „Krasno-jyoltiye dni“ qoʻshigʻini tahlil qilar ekan, unda poyezd obrazini koʻrgan. Uning fikricha, bu poyezd harakat vositasi boʻlib, hayotning inert va oʻzgarmasligini yengib oʻtishga koʻmaklashadi. Qahramon yoʻl obrazi yordamida ochib berilgan boʻlib, uning hayoti davomida yoʻldagi kabi ayrim harakatlar qayta-qayta takrorlanadi. Qoʻshiqda qahramonning hayot yoʻli, uyi, uyiga qaytishi hamda tanlovi kabi mavzular haqida soʻz boradi.
Jamoa
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org