Krasnogorsk (shaharcha)
Krasnogorsk — Toshkent viloyatidagi shaharcha (1955-yildan). Yangiobod shahar Kengashiga qarashli. Toshkent shahridan 40 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi —Chigʻiriq (45 km). Chatqol togʻining jan.gʻarbida, 750 m balandlikda. Aholisi 13,2 ming kishi (2002). Chovlisoy va Sovur ariqlaridan suv oladi. Dastlab Chovlisoy nomi bilan yuritilgan. 1953-yil K. nomini olgan. Shaharchada Navoiy konmetallurgiya kombinati filiali joy-lashgan. Aloqa boʻlimi, 3 umumiy taʼlim, sport maktablari, bolalar sanʼat maktabi, madaniyat uyi, kutubxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat shoxobchalari bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org