Krasnogorsk (Moskva viloyati)




Krasnogorsk - Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar (1940-yildan). Banka daryosi vodiysida, Moskvadan 22 km gʻarbda. Krasnogorsk (Moskva viloyati) stansiyasi (Pavshino). Aholisi 91 ming kishi (1998). Foto va kino apparatlari, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Dorivor oʻsimliklar xom ashyosini qayta ishlash zavodi ishlab turibdi. Rossiya Federatsiyasining kinofoto hujjatlari davlat arxivi markazi. Nemis antifashistlari muzeyi, K. yaqinida "Arxangelskoye" muzey qoʻrgʻoni (18— 19-asrlar) bor.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz