KRASNOGORSK – Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar (1940 yildan). Banka daryosi vodiysida, Moskvadan 22 kilometr g’arbda. Temir yo’l stantsiyasi (Pavshino). Aholisi 91 ming kishi (1998). Foto va kino apparatlari, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Dorivor o’simliklar xom ashyosini qayta ishlash zavodi ishlab turibdi. Rossiya Federatsiyasining kinofoto hujjatlari davlat arxivi markazi. Nemis antifashistlari muzeyi, Krasnogorsk yaqinida “Arxangelskoe” muzey qo’rg’oni (18— 19-asrlar) bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish