Kramer Gabriyel




Cramer Gabriel (1704. 31.7, Jeneva — 1752.4.1, Banol, Fransiya) — shveysariyalik matematik. Asosiy ishlari oliy algebra va analitik geometriyaga oid. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish usuli — Kramer qoidasini topgan (1750) hamda determinantlar nazariyasiga asos solgan. Shuningdek, Kramer algebra nazariyasi boʻyicha yuqori tartibli egri chiziqlarni tekshirgan (alohida nuqtalarni tekshirish va boshqalar).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz