Kozue Ando
Kozue Ando (yapon:安藤 梢 1982-yil 9-iyulda tugʻilgan) — yaponiyalik futbolchi. Hozirda Ando Urava Reds safida klub futbol oʻynamoqda. U 2015-yilda yilgacha Yaponiya terma jamoasi tarkibida toʻp surgan. 2015-yilda esa Yaponiya terma jamoasidagi faoilyatini yakunlagan.
Klubdagi Karyera
Ando 1982-yil 9-iyulda Utsunomiyada tugʻilgan. 2002-yilda Tsukuba universiteti talabasi boʻlganida, u Saitama Reinas FC (keyinchalik Urava Reds)ga qoʻshilish uchun universitet klubini tark etgan. 2002-yilgi mavsumda u 10 ta gol urdi va «Yosh oʻyinchi» mukofoti bilan taqdirlandi. U eng yaxshi toʻpurarga aylandi 2004 va 2009-yillarda MVP mukofotiga loyiq deb topildi. Shuningdek, u 6 marta Best Eleven tomonidan tanlangan. 2010-yildan beri Germaniya Bundesligasining Duysburg, Frankfurt va Essen klublarida oʻynagan. Frankfurtda u UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi 2014/15-mavsumida gʻolib chiqdi. 2017-yil iyun oyida u Yaponiyaga qaytib, Urava Reds safiga qoʻshildi.
Terma jamoadagi karyera
1999-yil iyun oyi, Ando 16 yoshga toʻlganida, 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Yaponiya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Ushbu musobaqada u 26-iyun kuni Norvegiyaga qarshi debyut qildi. U toʻrt marta jahon chempionatida va uch marta yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Ando finalda AQSHni penaltilar seriyasida magʻlub etib, 2011-yilgi jahon chempionatida gʻalaba qozongan jamoa aʼzosi edi. Finalni Ando boshlab bergan. Ando shuningdek, 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medal va 2015-yilgi Jahon kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan Yaponiya terma jamoasi tarkibida oʻynagan. JCh-2015da Shveysariyaga qarshi birinchi oʻyinda u penalti ishladi, ammo oʻsha paytda u chap toʻpigʻini sindirib oldi. Bu oʻyin uning Yaponiya terma jamoasidagi soʻngi oʻyini boʻldi. 2015-yilgacha Kozue Ando Yaponiya terma jamoasi safida 126 oʻyin oʻtkazib, 19 ta gol urgan.
Taʼlim
Ando Utsunomiya qizlar oʻrta maktabini tamomlagan. 2018-yil may oyida Tsukuba universitetida jismoniy tarbiya, salomatlik va sport fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
Karyera statistikasi
Klubdagi statistika
Terma jamoadagi statistika
Xalqaro gollar
Yutuqlar
Klubda
Urawa Reds Ladies FCR 2001 Duisburg Frankfurt Terma jamoada
Shaxsiy yutuqlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org