Ko‘zdan kechirish




Koʻzdan kechirish (jinoyat huquqida) — tergov harakati; jinoyat izlari va boshqa ashyoviy dalillarni topish, sodir boʻlgan hodisa tafsilotlarini va jinoyat ishi uchun ahamiyatli boshqa holatlarni aniqlash maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, baʼzan sud oʻtkazadi.

Qotillik, bosqinchilik, talonchilik, oʻgʻirlik, haloqat qabilar yuz berganda joy, bino, tevarak-atrof, shuningdek, murda koʻzdan kechiriladi. Bu harakat jinoyat ishi qoʻzgʻatilmasdan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Tintuvda topilgan narsalar va hujjatlar, pochtatelegraf joʻnatmalarini jinoyat ishiga qoʻshishdan oldin Koʻzdan kechirish shart. Jinoyat ishiga aloqador deb hisoblangan buyumlar va holatlar Koʻzdan kechirish chogʻida xolislar huzurida tahlil qilinadi, zarur boʻlsa — tegishli mutaxassislar yordamida fotosuratga, kinotasvirga, videoyozuvga tushiriladi, nusxalari va qoliplari olinadi. Koʻzdan kechirish jarayoni va uning natijalari haqida bayonnoma tuziladi (Oʻzbekiston Respublikasi JPK 135—141-moddalar).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz