Ko`z kosasi
Koʻz kosasi yoki
orbita — kallaning yuz qismidagi bir juft chuqurcha. Unda koʻz soqqasi joylashgan. Koʻz kosasining orqa boʻlagidagi teshiklar orqali kalla boʻshligʻidan koʻzga qon va limfa tomirlari hamda nervlar oʻtadi. Koʻz kosasining chuqurligi 5 sm gacha. Koʻz kosasida ichki, tashqi, ustki va pastki devor bor. Koʻz kosasining ustki-tashqi burchagidagi chuqurchada koʻz yoshi bezi joylashgan; kosaning ichki devorida esa koʻz yoshi xaltachasi uchun tokcha bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org