Koysan tillari




Koysan tillari - Afrika tillarining katta oilasi. Janubiy Afrika, Namibiya, Jan.-sharqiy Angola va Tanzaniyada tarqalgan. Koysan tillari gottentot va boʻshmen tillariga boʻlinadi. Bu tillarning kelib chiqishida oʻxshashliklar va koʻpgina farqlar mavjud. Har 2 guruh tillarda agglyutinatsiya xususiyati mavjud. Koysan tillari undosh tovushlarga juda boy, unli fonemalar soni 5 tadan oshmaydi.

Otlar son va rod kategoriyasiga ega. Feʼllar mustaqil qoʻshimchalar yordamida tuslanadi va olmoshdan keyin qoʻyiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz