KOYSAN TILLARI



KOYSAN TILLARI – Afrika tillarining katta oilasi. Janubiy Afrika, Namibiya, Janubiy-Sharqiy Angola va Tanzaniyada tarqalgan. Koysan tillari gottentot va bo’shmen tillariga bo’linadi. Bu tillarning kelib chiqishida o’xshashliklar va ko’pgina farqlar mavjud. Har 2 guruh tillarda agglyutinasiya xususiyati mavjud. Koysan tillari undosh tovushlarga juda boy, unli fonemalar soni 5 tadan oshmaydi. Otlar son va rod kategoriyasiga ega. Fe’llar mustaqil qo’shimchalar yordamida tuslanadi va olmoshdan keyin qo’yiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz