Koyamada International Foundation
Koyamada xalqaro jamgʻarmasi , koʻpincha
KIF yoki
KIF Global deb ataladi, xalqaro nodavlat tashkilot boʻlib, uning vazifasi global yoshlar va ayollarning oʻz salohiyatlarini toʻliq amalda qoʻllash va global tinchlikni mustahkamlash uchun gumanitar yordam koʻrsatish yoʻli bilan odamlarning yashash sifati va barqaror rivojlanishini yaxshilashga qaratilgan..U yettita davlatda milliy boʻlim aʼzolariga ega.
U BMT agentliklari va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA), UNICEF ning Education Cannot Wait (ECW), Butunjahon karate federatsiyasi (WKF), Junior Chamber International (JCI), Tibbiyot assotsiatsiyasi singari xalqaro tashkilotlar bilan global hamkorlikda.
Tarix
Dastlab tashkilot Shin Koyamada va TEDx Talk spikeri Nia Lyte Qoʻshma Shtatlardagi yoshlarni qoʻllab yordam koʻrsatish, gumanitar yordam va madaniyatlararo faoliyatni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishtiyoqlarni namoyish etish paytida tashkil etilgan. Ular birinchi navbatda bir qancha doʻstlari bilan Los-Anjeles markazidagi kam taʼminlangan oilalar va jismoniy shaxslarga yegulik va ichimliklar bilan taʼminlashni va Qoʻshma Shtatlar boʻylab madaniy almashinuv faoliyatini targʻib qilishni yoʻlga qoʻydilar.
Kam taʼminlangan yoshlarni jang sanʼatlari maktabiga kirishga moddiy tomondan yordam koʻrsatgan KIFning jang sanʼatlari boʻyicha stipendiya dasturidan foydalanish uchun KIF xalqaro jang sanʼati tadbirini Amerika Qoʻshma Shtatlari jang sanʼatlari festivalini (USMAF) tashkilladi, unda 10 dan ziyod turli davlatlar va guruh vakillaridan 1000 dan ortiq qatnashuvchilar ishtirok etdi.
KIF 2019-yilning dekabr oyida BMTning birinchi agentligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) bilan ayollar huquqlarini kengaytirish va genderga asoslangan zoʻravonlik boʻyicha global hamkorlikka imzo qoʻydi. Keyin esa BMTning ikkinchi agentligi UNICEFning „Taʼlimni kutish mumkin emas“(ECW) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org