Koventri




Koventri — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyada. Aholisi 302 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim mashinasozlik (avtomobilsozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika) markazi. Rangli metallurgiya, kimyo (sunʼiy tola ishlab chiqarish) sanoati korxonalari, universitet bor.

Shahar 1043 i. qurilgan monastir atrofida bunyodga kelgan. 13—17-yillarda savdo va hunarmandchilikning muhim markazi boʻlgan. K. ikkinchi jahon urushi vaqtida nemis fashistlari tomonidan vayron qilingan. 1946-yildan boshlab qayta tiklangan. 14-asrda qurilgan gotika sobori vayronalari fashizm yovuzligi xotirasi sifatida saqlab qoʻyilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz