Kovellin




Kovellin (italyan mineralogi N.Kovelli (1790—1829) nomi bilan atalgan) — sulfidlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibi — CuS. Geksonal singoniyali, plastinkasimon. Qattikligi 2—2,5; zichligi 4,6—4,7 g/ sm3. Och zangori yoki koʻkimtir. Kristallari nihoyatda kam uchraydi. Mis, qoʻrgʻoshin-rux va mis-kolchedan konlarining ikkilamchi sulfidlarga boyish zonasida hosil boʻladi. K. xalkopirit, pirit, xalkozin va boshqa tarkibida mis boʻlgan minerallar, yaʼni birlamchi va ikkilamchi sulfidlarning oʻrnini egʻallash yoʻli bilan rivojlanadi. Oʻzbekistonda K. Olmaliq — Qalmoqqir, Saricheka va boshqa mis-molibden konlarida, ayniqsa, keng tarqalgan. K.dan mis olinadigan ruda sifatida foydalaniladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz