KOUZ (COASE) RONALD (1910.29.12, Uilsden, Buyuk Britaniya) — Amerikalik iqtisodchi. London iqtisodiyot maktabini tugatgan (1932). Virginiya universiteti (1951-64) va Chikago universiteti (1964-82) professor. Chikago universitetining faxriy professor (1982 yildan), “huquq va iqtisodiyot” jurnal muharriri (1964-82). Kouz iqtisodiyotning muassasaviy tarkibi tushunchasi mohiyatini va uning amal qilish mexanizmini ochib bergan, mulkchilik huquqi muammolarini tadqiq qilgan. Tarmoqni tashqil qilishni transaktsion xarajatlar nuqtai nazaridan o’rgandi. Nobel mukofoti laureati (1991).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish