Kotoraya




Kotoraya , paxtaron, ftormeturon, fluometuron (C10HnF3N2O) — singib va tanlab taʼsir etuvchi gerbitsid, 80% li hoʻllanuvchi kukun, rangi oq yoki kulrang. Paxtazorlarda bir yillik, asosan, ikki pallali begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladi. Machin, olabuta, ituzum, semizoʻtlarni quritadi, shamak, itqoʻnoq, gʻumay va boshqalarni esa shikastlaydi. Oʻsimlikka ildizi orqali singadi. Preparatning taʼsir kuchi 2—3 oy. Tuproqda tez parchalanadi. Bahor quruq kelganda, shuningdek, shoʻrxok tuproqlarda preparatning taʼsir kuchi kamayadi. K. chigitni ekish bilan bir vaqtda lenta usulida solinadi. Sarf meʼyori: yalpi sepishda 1,3—2,8 kg/ga (taʼsir etuvchi modda boʻyicha), qator orasiga solishda 0,65—1,4 kg/ra. Kam zaharli.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz