Kotonu




Kotonu — Beninning jan. qismidagi shahar. Atlantika provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning boshqaruv va hukumat muassasalari K.da joylashgan. Aholisi 536 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Gvineya qoʻltigʻidagi port (palma magʻzi va moyi, kopra, kofe, paxta eksport qilinadi). Temir yoʻl stansiyasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Yogʻoch qayta ishlanadi. Hunarmandchilikda yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan, savat toʻqiladi. Issiqlik elektr st-yasi, botanika bogʻi, Benin muzeyi, shahardan 15 km shim.da universitet bor. Shaharga 19-asrning 1-yarmida asos solingan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz