Kotka




Kotka — Finlandiyaning jan. qismidagi shahar. Fin qoʻltigʻining shim. qismidagi orollarda, Kyumi-Yoki daryosi quyilishida joylashgan. Aholisi 55,2 ming kishi (1999). Fin qoʻltigʻidagi port (oʻrmon mahsulotlari eksport qilinadi). Mamlakatning oʻrmonchilik sanoati markazi. Taxta tilish, sellyuloza-qogʻoz, kimyo sanoati korxonalari bor. Oʻrmon sanoati uchun jihozlar ishlab chiqariladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz