Kotib Misriy




Abu Ali Hasan bin Ahmad kotib Misriy (vaf. 353 h.q./951 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da ismi tilga olingan tasavvuf shayxi. Maʼrufiya silsilasining namoyandasi. Abubakr Misriy, Abu Ali Rudboriy, Abu Usmon Magʻribiy, Abulhusayn Sirvoniy Sagʻir, Abu Abdulloh Barqiy, Abulqosim Nasrobodiy bilan hamsuhbat boʻlgan. Abu Ali Mashtuliyning ustozi. Shayx Abusaid Abulxayr oʻz silsilasida uning ismini ham qoʻshgan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayoti­ga bogʻliq bobni aynan kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz