KOTBUS



KOTBUS — Germaniyadagi shahar, Brandenburg yerida, Shpre daryosi bo’yida. Aholisi 114,8 ming kishi (1998). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni, Daryo porti. Mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qadimgi to’qimachilik markazi: movut, jun matolari to’qiladi, tikuvchilik sanoati rivojlangan. Shahar qo’lyozmalarda ilk bor 12-asrda tilga olingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz