Ko‘tarilayotgan quyosh kokteyli
"Koʻtarilayotgan quyosh" (inglizcha: Tequila Sunrise, " Tequila Sunrise ") — tekila, grenadin va apelsin sharbati negizida tayyorlanuvchi alkogolli kokteyl. Long drink sifatida tasniflanadi. Xalqaro barmenlar uyushmasi (IBA) rasmiy kokteyllaridan biri hisoblanadi. Toifasi „Zamonaviy klassika“ (inglizcha: Contemporary classics).
Tarixi
Rising Sun kokteyli 1930 va 1940-yillarda barmen Gene Sulit tomonidan Arizona-Biltmor mehmonxonasida ixtiro qilingan. Dastlabki retseptga tekila, qoragʻat likyori, laym sharbati va sodali suv kirgan.
Kokteyl oʻz nomini (inglizcha: sunrise — „quyosh chiqishi“) tashqi koʻrinishi uchun olgan. Tarkibidagi zich komponentlar (qoragʻat likyori yoki anor siropi), sharbat va tekila aralashmasidan finjon tubiga tubiga joylashib, shafaqni eslatuvchi ranglar jilosini aks ettiradi.
„Tequila Sunrise“ va " Margarita " kokteyllarining mashhurligi 70-80-yillarda tekila isteʼmolini bir necha barobar oshishiga sabab boʻldi.
Retsept va tarkibi
IBA retsepti boʻyicha tarkibi:
Tayyorlanishi
Tekila va apelsin sharbati muz ustidan „highball“ finjoniga quyiladi. Pastga tushadigan grenadin qoʻshiladi. Aralashtirilmaydi. Apelsin tilimi yoki apelsin va kokteyl gilosi bilan bezalib, dasturxonga tortiladi.
Klassik retseptning „Quyosh botishi“ yoki „Tequila sunset“ deb ataluvchi namunalari ham boʻlib, (inglizcha: sunset — „quyosh botishi“), unda kokteylga qora tus berish uchun chernika brendi ishlatiladi.
Ommaviy madaniyatda
Yana qarang
Eslatmalar
Havolalar
uz.wikipedia.org