Ko`targich




Koʻtargich — yuk va odamlarni vertikal (baʼzan qiya) yunaltirgich yoki relyelar buyicha harakatlanadigan maxsus qurilmalarda koʻtaruvchi mashina. Davriy va uzluksiz ishlaydigan xillari bor. K.lar, odatda, elektr yoki gidravlik yuritmali; kanatli, zanjirli, reykali, vintli va plunjerli boʻladi. Asosan, qavatli K. keng qoʻllanadi. Boʻlarda yuk tashish qurilmalari shkivlarga kiygizilgan yoki koʻtarish chigʻirlarining barabaniga oʻralgan qavatlarga osiladi. K.ga lift, eskalator, funikulyor, qurilish K.lari (minorali, shaxtali va boshqalar), pnevmatik K.lar (gazlift), avtomobil-vishkadagi K.lar, kema K.lar va boshqa kiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz