Kota-Kinabalu




Kota-kinabalu - Malayziyadagi shahar, Sabax shtatining maʼmuriy markazi. Kalimantan o.ning shim.-gʻarbiy sohilida. Muhim port, temir yoʻl stansiyasi, aeroport bor. Aholisi 210 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Tropik dehqonchilik rayonining savdo markazi. Baliqovlanadi. Shaharga 1899-yilda asos solingan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz