KOTA-BARU
KOTA-BARU – Malayziyaning shimoliy- sharqiy qismidagi shahar, Malakka yarim orolida. Kelantan shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 220 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Kelantan daryosining quyilish joyidagi port. Kauchuk olinadigan o’simliklar, sholi plantasiyalari bor. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz