Kosontov




Kosontov — Qarshi choʻlidagi balandlik. Qashqadaryo viloyatida, Qashqadaryo oʻzani bilan Maymanoq kanali oraligʻida joylashgan. Eng baland joyi 452 m, nisbiy balandligi 100 m. Jan.gʻarbdan shim.-sharqqa choʻzilgan. Oʻz. 4,5 km. Burmalangan gumbazsimon balandlik. Yon bagʻirlari tekislikdan keskin koʻtarilgan va quruq soylar bilan oʻydimchuqurlashgan. Suvayirgʻich qismi yassi tekislikdan iborat.

K. yosh antiklinal balandlik, boʻr, paleogen va toʻrtlamchi davrlarning ohaktosh, gil, alevrolit, qumtosh, konglomerat, qumli qatlamlaridan tuzilgan. K.da och boʻz tuproklar tarqalgan, ularga koʻproq gipsli, yengil mexaniq tarkib xos.

Rang va qoʻngʻirbosh, baʼzi joylarda shuvoq oʻsadi. Yaylov chorvachiligida foydalaniladi, atroflari sugʻoriladigan yerdar bilan band. Shimoliy etagida Kosoy shahri joylashgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz