Kosonsoy stadioni




Kosonsoy stadioni (oʻzb . „Kosonsoy“ stadioni / „Kosonsoy“ stadioni) — Oʻzbekistonning Namangan viloyati Kosonsoy shahridagi koʻp funksiyali stadion . U 22 000 tomoshabinga moʻljallangan va Oʻzbekistondagi yirik stadionlardan biri hisoblanadi . Bu mahalliy Kosonsoy futbol klubining uy arenasidir .

Sovet davrida ochilgan. Namangandagi " Markaziy " stadionini rekonstruksiya qilish jarayonida " Navbahor " futbol klubi uy uchrashuvlarini shu stadionda o‘tkazdi. Stadion Madaniyat va Sport ishlari vazirligining Kosonsoy tumani boʻlimiga qarashlidir.

Tarixi



1980-yil Kosonsoy tumani hokimi Samaraxon Karimov saʼy-harakatlari evaziga hashar yoʻli bilan qurilgan “Markaziy” oʻyingoh oʻz bagʻriga qogʻozda 20 ming ishqibozni sigʻdirsa-da, amalda bemalol 22 ming muxlis oʻyinni bevosita stadionda koʻrish imkoniyatiga ega. Stadionda mexanik tablo ishlaydi.

Tavsifi



Stadionning atrofida 4ta sunʼiy qoplamali maydonlar bor. Jamoa sunʼiy qoplamali maydonda toʻp suradigan raqiblariga qarshi bahslarga tayyorgarlik jarayonida shu maydonlardan foydalanadi. Bundan tashqari, qish faslida ham bu maydonlar jamoaga xizmat koʻrsatadi. Klubning bazasi ham stadionda joylashgan.

Yana qarang



Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz