Kosonsoy




Kosonsoy — Fargʻona vodiysidagi soy. Sirdaryoning oʻng irmogʻi. Chatqol togʻ tizmasidan Chilquduqsoy nomi bilan boshlanib, sharq va jan.sharq yoʻnalishida oqadi. Oʻz. 154 km. Havzasining maydoni 1650 km², oʻrtacha balandligi 2347 m. Boshlanish yerida kichik muzliklar bor. Daryoning yuqori oqimi Qirgʻiziston hududida. Kosonsoy shahri yaqinida daryo togʻdan chiqib, adirlar orasidagi vo-diyda oqadi, jan. yoʻnalishda Toʻraqoʻrgʻon qishlogigacha borib, u yerda katta yoyilma hosil qiladi. Daryo suvining deyarli hammasi sugʻorishga sarflanadi, faqat suvi koʻpaygan paytlardagina Sirdaryoga quyiladi. Qor-muzlik va yomgʻirdan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 9,81 m³/sek, oʻrtacha oqim moduli 5,94 l/sek km². Suvning yarmidan koʻprogʻi mart — sentabrda oqib oʻtadi.

Qirgʻizistonning Olabuqa tumani va Oʻzbekistonning Namangan viloyatini suv bilan taʼminlaydi. Daryoga Kosonsoy suv ombori qurilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz