KOSMOPOLITIZM
KOSMOPOLITIZM (Yunoncha kosmopolites — kosmopolit, jahon fuqarosi) — “jahon fuqaroligi” deb atalgan g’oyani targ’ib qiluvchi mafkura. Iskander (Aleksandr) yurishlari davrida paydo bo’lgan. Uyg’onish va ma’rifatchilik davrlarida jahon fuqaroligi ideali olg’a surilib (Dante, Kampanella), individning zamindor boylar zulmidan ozod bo’lish g’oyasini (Lessing, Gyote, Shiller, Kant, Fixte) ifodalagan. Kosmopolitizm milliy an’ana va madaniyatdan, Vatanparvarlikdan voz kechishga — bevatanlikka da’vat etadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz