Kosmonavtlar (metro bekati)
Kosmonavtlar — Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri. Kosmonavtlar sharafiga nomlangan.
Tarixi
1992-yilga qadar „Kosmonavtlar Prospekti“deb nomlangan edi. Meʼmoriy bezaklari Kosmonavtika mavzusiga bagʻishlangan. Ichidagi koʻk sopol Mirzo Ulugʻbek tasvirlari bilan bezatilgan, Undan tashqari, Valentina Tereshkova, Yuriy Gagarin, Vladimir Jonibekov va hokazo kosmonavtlarning suratlari bor. Juda mayda shisha yulduzlar bilan bezatilgan ship, somon yoʻlini eslatadi.
Galereya
Manbalar
uz.wikipedia.org