Koshon




Koshon — Eronning markaziy qismidagi shahar, Tehron ostonida. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 201,3 ming kishi (1997). K. da toʻqilgan gilamlar dunyoda mashhur. Ipak gilamlarning asosiy qismi eksport qilinadi. Ip gazlama, shoyi, chinni qanjillar, misgarlik va kulolchilik buyumlari ishlab chiqariladi. K. oʻrta asrlarda Eronning eng yirik badiiy-hunarmandchilik markazi boʻlgan. Msʼmoriy yodgorliklardan Maydon masjidi (13-asr, 15-asrda qayta qurilgan), Zayniddin minorasi (11-asr), Imom-zola Habib ibn Muso maqbarasi (13-asr), shoh Abbos I saganasi (17-asr) saqlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz