Koshitse




Koshitse — Slovakiyaning sharqidagi shahar. Slovakiya Rudali togʻlari etaklarida, Gorvad daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 241,8 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Qora metallurgiyaning yirik markazi. Metallurgiya kombinati, ogʻir mashinasozlik, magnezitni qayta ishlash, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari, universitet, Sharqiy Slovakiya muzeyi bor. 14—18-asrlarga oid memoriy yodgorliklar, jumladan, gotika sobori saqlangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz