KOSHISE — Slovakiyaning sharqidagi shahar. Slovakiya Rudali tog’lari etaklarida, Gorvad daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 241,8 ming kishi (1999). Transport yo’llari tuguni. Qora metallurgiyaning yirik markazi. Metallurgiya kombinati, og’ir mashinasozlik, magnezitni qayta ishlash, oziq-ovqat, yog’ochsozlik sanoati korxonalari, universitet, Sharqiy Slovakiya muzeyi bor. 14-18-asrlarga oid memoriy yodgorliklar, jumladan, gotika sobori saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish