Koshifiy
Koshiy Kamoliddin Abdurazzoq (yoki Koshoniy yoki Samarqandiy (18-asr) — tasavvuf falsafasining yirik vakillaridan biri. Uning ,, Kitob al-istilohot" asari tasavvufga doir terminallarning mukammal qomusi hisoblanadi. Fors tilida yozilgan bu asarda mashhur Hirot donishmandi Abdulloh Ansoriy (1006-1088)ning ,,Manzil as-soyirin ila-l-Haq" (Haqqa intiluvchilarning manzillari) asarida uchraydigan muhim terminlar — tasavvuf falsafasiga muvofiq tarzda izohlanadi. Abdulloh Ansoriy quvvai hofizasi oʻtkirligi jihatidan Imom al-Buxoriy ha yaqinroq edi, u yoshlik chogʻlaridayoq uch yuz ming hadisni, yuz ming asnodi bilan yod bilar edi, muhaddislikdan keyin soʻfiy maqomiga yetdi. U ,,Manzil as-soyirin ila-l-Haq" asarida Haqqa yetish, yaqinlashish yoʻlida bosib oʻtish zarur boʻlgan tavba, tavakkul, sidq xavf va rajo kabi manzillarning maʼno va mohiyatini talqin etadi. Koshiy yuqoridagi asarida Abdulloh Ansoriyning mana shu kitobida tilga olingan maʼnaviy yetuklik manzillarini mufassal sharhlaydi. Tasavvuf terminlarining botiniy maʼnolari hozirgacha yaxshi oʻrganilmagan. Koshiyning bu asari 2 qismdan iborat boʻlib, uning birinchi qismida soʻfiylik istilohlariga izohlar beriladi (Mas.., may-maʼrifat, zulf-Haqning jamolini toʻsib turgan hayot qarama-qarshiliklar…). Asarning 2-qismida esa soʻfiylik tariqatiga kirgan soliqning maʼrifat, haqiqatga yetishdagi hol ilmi bosqichlari Ansoriy kitobidagi bilan izohlab beriladi. OʻzFAning Beruniy nomli Sharqshunoslik universitetining Koshiy vafotidan 50 yil oʻtganidan keyin (1381) oqqa koʻchirilgan nodir nusxasi saqlanadi (inv. N- 508-P). Bu asarning yana beshta qoʻlyozmasi sobiq SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik universitetining Sankt-Peterburg boʻlimida saqlanadi. Asarning 1-qismi 1845-yilda Kalkuttada olmon sharqshunosi A. Shpenger tomonidan ingliz tilida nashr etilgan. Tasavvuf falsafasida oʻzak masala hisoblangan qalbni poklash, uni bu dunyo hayotidagi turli oʻtkinchi tashvishlar (boylik, obroʻ, mansab, gʻaraz kabi), taaluqotlardan tozalash haqida soʻz boradi. Bu kitobning 1838-yilda kotib Sayid Boqir ibn Jaʼfarxoʻja tomonidan koʻchirilgan qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik universitetida saqlanadi (inv. N 8419oʻ1). Koshiyning ,,Risola fi qazo val-qadar" asarida oʻrta asrlarda taraqqiy etgan kalom ilmida muhim muammolardan biri hisoblangan qazo va qadar (taqdir, barcha yaxshi va yomon ishlar azaldan inson inson peshonasiga yozilganligi) masalasi haqida fikr yuritiladi. Islom falsafasidagi bu muammoga fikr bildirgan ulamolar bir biridan farqlanuvchi turli guruhlar, oqimlarga boʻlinib ketgan. Chunonchi, al-ashʼariya taʼlimoti oqimi tarafdorlari (al- Ashʼariy, ibn Firoq, Abu Is’hoq al-Isfaroniy, Ash-Shahristoniy, Faxriddin Roziy) moʻtazilia izdoshlari boʻlib, bularning fikricha, shariat qonun-qoidalariga koʻr-koʻrona taqlid qilmay, aql va ilm nuri bilan taqdirni oʻzgartirish mumkin. Ularning fikricha, yana xayolga, tasavvurga kelgan narsa tafakkurga koʻchishi mumkin. Qadar oylar esa inson oʻz xatti-harakatlarida iroda erkinligiga ega deb hisoblaydilar. Qadar uylarning bu fikri Qurʼon oyatlariga muvofiq keladi. Iroda erkinligini hozirgi vaqtda butun dunyo musulmonlari eʼtirof qiladi. Bu eʼtirof esa odamlarning oʻz xatti-harakatlariga masʼuliyatini oshiradi. Koshiyning risolasida mana shu falsafiy muammolar talqin etiladi.
uz.wikipedia.org