Koshif Mirpoʻlatov




Koshif Ishoqovich Mirpoʻlatov (1898- Toshkent — 1991) — entomolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1970), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1969). Oʻrta Osiyo paxtachilik institutini tugatgan (1934). SoyuzNI-XI oʻsimliklarni himoya qilish stansiyasida ilmiy xodim, direktor (1937— 57), Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish instituti direktori (1957—62), laboratoriya mudiri (1963—70), maslahatchi (1970-yildan). Gʻoʻza va beda kasalliklari hamda zararkunandalariga qarshi kimyoviy yoʻl bilan kurashishda ishlatiladigan purkagichning birinchi konstruksiyasini yaratgan. Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunadalari va ularga karshi kurashish usullariga bagʻishlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz