Koʻsem (teleserial)
Koʻsem (turkcha: Muhteşem Yüzyıl: Kösem) — Turkiyaning “Muhtasham asr” teleseriali kinoijodkorlari tomonidan ishlangan, Usmonlilar imperiyasi hukmdori Ahmad I va uning joriyasi Koʻsem Sulton haqidagi tarixiy drama.
Mazmuni
1602-yil. Sulton Mehmed III oʻz oʻg’li shahzoda Mahmudni qatl ettiradi. Bu esa uning ukasi - shahzoda Ahmadni chuqur gʻamga botiradi. Uni yupatish uchun Safiya Sulton antiqa narsalarni koʻrsatadi. Bular orasida Ahmad goʻzal qiz suratini koʻradi va u qizni sulton saroyiga olib kelishni buyuradi. Shu kuni sulton Mehmed III vafot etadi va Ahmad Usmonlilar imperiyasi podshohi deb eʼlon qilinadi. Kefaloniya orolidan Anastasiya (Nastya, rasmdagi qiz) oʻg’irlanadi. Nastyani Iskandar ismli yanichar qutqaradi. Saroyga kelgan Nastyaga Ahmad “Koʻsem” ismini beradi. Yillar oʻtib, Koʻsem toʻrt nafar shahzodani katta qiladi. Ular birin-ketin imperiya taxtiga oʻtiradilar.
Serial tafsilotlari
Rollarda
Xalqaro namoyishlari
Manbalar
uz.wikipedia.org