Kowsar ayollar futbol ligasi




Kowsar ayollar futbol ligasi (forscha: لیگ کوثر بانوان فوتبال ایران) Eron Islom Respublikasi Futbol Federatsiyasi tomonidan boshqariladigan ayollar futbol ligasi. Eron futbol ligasi tizimining eng yuqori qismi hisoblanadigan Kowsar ayollar futbol ligasi islom olami mamlakatlari orasida nisbatan ertaroq tashkil etilgan.

Chunki nafaqat ayollar futboli, umuman, Eron Islom Respublikasida sportning futbol turiga boʻlgan qiziqish boshqa sport turlaridan yuqoriroq turadi. Kowsar ayollar futbol ligasi ayollar futboli va umuman umumayollar sporti boʻyicha ham mamlakatning asosiy musobaqasi hisoblanadi. Kowsar ayollar futbol ligasi 2007-yilda tashkil etilgan.

Tarixi



Ayollar futboli Eronda 1970-yilda boshlangan. Xotin-qizlar erkaklar kabi futbol musobaqalarida ishtirok etishni istashgan, shuning uchun ular baʼzi erkaklar futbol oʻyinlarida qatnashishgan. Koʻplab konseravtiv qarashlar, 1979-yilgi Eron inqilobining taʼsiri natijasida Erondagi ayollarning futbolga boʻlgan qiziqishi va ishtiroki keskin pasaydi. Ayollar uydan koʻchaga chiqishi taqiqlandi. Yilllar oʻtgani sayin vaziayt yumshay boshladi. 2006-yil aprelda Prezident Mahmud Ahmadinajod konservatorlarning eʼtirozlariga qaramay, ayollarning stadionlarga kirishiga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi. Biroq, taqiq Oliy Lider Oyatulloh Humayniy tomonidan 2006-yil 8-maydaqayta tiklandi. Hozirgi kunda ham ayol futbolchilar maxsus diniy kiyim (hijob)ga oʻrangan holda maydonga tushadilar.

2015-yilda Eron ayollar futboli tarixida birinchi marta milliy terma jamoa qitʼa musobaqasiga yoʻl oldi. (Eron U20 va U17 jamoasi oʻz yosh toifalari boʻyicha Xitoyda boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga yoʻl olishgan).

Mavsumlar




Joriy klublar roʻyxati




Chempionlar




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz