KORYAK TILI



KORYAK TILI (qadimiy nimilan tili) — paleoosiyo tillari oilasining Chukotka-Kamchatka tillari guruhiga mansub. 5,4 ming kishi so’zlashadi (1989). Koryak tilida chavchuven, apukin, kamen, paren va itkan shevalari bor. Koryak adabiy tili chavchuven shevasiga asoslangan. Fonetikasida singarmonizm hodisasi bor. Morfologiyasida fe’lning hozirgi zamon shaklini ifodalovchi alohida belgisi mavjud. Leksikasida bug’uchilikka oid so’zlar ko’p. Yozuvi rus alifbosi asosida.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz