Ko'rsodiq




Koʻrsodiq — mahalliy oʻrik navi. Daraxti baland, shox-shabbasi yoyilib oʻsadi. Barglari yirik. Mevasi oʻrtacha, 35—40 g, dumaloq. Poʻsti yupqa, sertuk, eti toʻq sariq, taʼmi xushxoʻr, suvli, shirin. Mevasi tarkibida 14—16% qand, 0,6—1,09% kislota, 23,8 mg % vitamin S bor. Danagidan oson ajraladi. Danagi yirik, magʻzi shirin. Koʻchati oʻtqazilgach, 7—8-yili hosilga kiradi, mevasi iyun oxiri — iyulning boshlarida pishadi. 30—40 yoshida tupidan 200-300 kg hosil olinadi. Mevasi, asosan, quritiladi (32—33% turshak tushadi), kompot, murabbo pishiriladi. Kasalliklarga chidamli nav. Samarqand, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida, Fargʻona, Toshkent viloyatlarining togʻ oldi hududlarida ekiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz