Korsakov psihozi




Korsakov psihozi , Korsakov kasalligi, alkogol polinevretik psihozi — alkogoldan surunkali zaharlanish (surunkali intoksikatsiya) oqibatida kelib chiqadigan ruhiy kasallik. Rus psixiatri S. S. Korsakov tomonidan 1887-yilda aniqlangan. Bunda Korsakov sindromiga xos xotira buzilishlari bilan bir qatorda aql-farosatning zaiflashishi, mulohazalarning susayishi, tanqidning yoʻ-qolishi kuchayib boradi. Ammo shaxsga xos boʻlgan sifatlar saqlanib qoladi. Polinevrit belgilari esa parezlar, falajlik, bir guruh muskullar atrofiyasi, sezgi, pay reflekslarining susayishi yoki yoʻqolishi, nerv tolalari boʻylab ogʻriq va boshqa tarzida kechadi.

Korsakov psihozi alkogolni surunkali isteʼmol qiladigan 50—60 yoshdagi kishilarda uchraydi. Kasallikdan forigʻ boʻlish uchun bemor spirtli ichimlikdan butunlay voz kechishi lozim. Asosan B vitamini, nikotin kislotasi hamda nootrop preparatlar qoʻllanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz